Davlat xizmatlari markazi faoliyati: qulay xizmatlar, tezkorlik, professionallik, xalq ishonchini qozonish
Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bo‘yicha:
2024-yilning o‘tgan davri mobaynida (31.05.2024-yil holatiga) Davlat xizmatlari markazi tomonidan 32 747 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shundan 33 foizi, ya’ni 10 806 tasini onlayn (my.gov.uz) tarzda, 24 702 tasini markaz orqali ko‘rsatilgan xizmatlar tashkil etadi. 2 764 ta murojaat rad etilgan (Rad etilishiga sabab murojaatchi tomonidan noto‘g‘ri yoki sohta ma’lumotlar taqdim etilishi).
Ma’lumot o‘rnida:
Davlat xizmatlari Yagona reyestriga ko‘ra (3467 ro‘yxatdan o‘tgan raqami):
- davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organlar soni 97 ta;
- jami xizmatlar soni 887 ta.
Bugungi kunda:
- bevosita DXM orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar 356 ta;
- YAIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar 628 ta.
Shuningdek, 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida (31.05.2024-yil holatiga) 906 ta tadbirkorlik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shundan 140 tasi yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, 766 tasi Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub’yektlaridir.
Tumandagi tadbirkorlik sub’yektlari to‘g‘risida:
Faoliyat yuritayotgan:
1. Yuridik shaxslar 3 213 ta
2. Jismoniy shaxslar 5 271 ta
3. Qo‘shma korxona 9 ta
4. Xorijiy korxona 9 ta
2024-yilda 2504 ta xorijga chiqish biometrik pasporti berilgan.
Joriy yilda eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari quyidagilar:
1. Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish – 2 618 ta;
2. Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma olish – 1836 ta;
3. Turar-joy obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – 1329 ta;
4. Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish — 1129 ta;
5. Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish — 1117 ta;
Filiallar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar:
Davlat xizmatlari markazlarining (viloyatda 8 ta filial mavjud) filiallari tomonidan o‘tgan davr mobaynida 544 ta xizmat ko‘rsatilgan. Qolaversa, Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan olis va chekka hududlar, aholi gavjum bo‘lgan joylarda 1004 ta davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi.