insurez
25-01-2025 17:49

E’LON‼️ PAXTA HAMDA SABZAVOT, POLIZ VA BOSHQA EKINLAR YETISHTIRUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-sonli qaroriga asosan tumanlarda 2025-yilda urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz va boshqa ekinlar urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun subyektlar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

Tanlovni shaffoflik va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida “e-urug‘” (e-seeds) axborot tizimida tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha loyiha ishga tushirilishi kutilmoqda. Ishlab chiqilgan loyihaga asosan 2025-yil 1-fevraldan boshlab ishga tushirilishi kutilayotgan “e-urug‘” (e-seeds) tizimi orqali hujjatlar qabul qilinishi belgilangan.

Belgilangan Y.Mumammadqul buva, Madad, Darvishiq (ixtisoslashgan)  hududlar bo‘yicha tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan subyektlar joriy yilning            1-fevraldan ishga tushirilishi kutilayotgan “e-urug‘” (e-seeds) tizim orqali o‘rnatilgan tartibda ariza topshirishlari mumkin.  

Qo‘shimcha ma’lumotlar Payariq tuman Qishloq xojaligi bolimi  tomonidan beriladi.

Murojaat uchun telefon: 91-035-01-73.

Teglar
- -