Favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda fuqaro muxofazazi to‘g‘risida
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda fuqaro muxofazazi to‘g‘risida
Payariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro muxofazasi doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda,
Yoz mavsumi kilishi bilan chukish bilan bog‘liq xodisalar ortib boradi, bunday xodisalarni oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:
Cho‘kish bilan bog‘liq xodisalarni yuz bermasligi uchun avvalambor cho‘milish qoidalariga qatiy rioya qilish lozim.
Buning uchun birinchi navbatda ob-havo quyoshli va shamol bo‘lmagan paytda, havo xarorati issiq bo‘lgan vaqtda chumilish tavsiya etiladi.
Qorin och bo‘lganda, charchaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, spertli ichimlik istimol qilinganda, yolg‘iz bo‘lganda va oftob urish hollarida cho‘milish maqsadga muvofiq emas.
Mahallalar hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yuz berishi mumkin tabiiy ofatlarni oldini olish, inson hayoti va sog‘lig‘ini asrash maqsadida quyidagi xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi chora tadbirlarini to‘liq ta’minlashingizni va nazorat olib borishingizni talab qiladi!
Mahalla hududida yong‘inga qarshi suv inshoatlarni tashkil eting va mavjud xovuzlarni soz xolga keltirib, 5 tonnadan ortiq suv sig‘im o‘rnatib ularni doimo suv bilan to‘la bulishi, atrofi erkin ochiq bo‘lishini taminlang !
Mahalladagi asosiy gaz, elektr tarmoq podstansiyalarini va gaz taqsimlash qo‘tilarini tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda doimiy tekshiruvdan o‘tkazib boring va maxsus daftarda qayd eting!
Mahalla hududidagi mavjud madaniyat, maishiy xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish binolari atrofini tez alangalanuvchi buyumlar hamda xashaklardan muntazam tozalashni tashkil eting!
Mahalla binosi va fuqarolar yashash uylarida gaz va elektr isitish pech hamda qozonlari, ularni mo‘rilarini soz xolatga keltirishlarini tegishli xizmatlar bilan mavsumiy tekshiruvni tashkil eting!
Fuqarolar yashash uylarida yong‘in xavfsizligi qoida-talablariga rioya etishini nazorat qilish maqsadida kucha, guzar boshqaruvchilaridan javobgar shaxs tayinlang va doimiy tekshirish o‘tkazib boring.
Mahalladagi istiqomat qiluvchi har bir fuqaro, ijarachilardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini talab eting va nazorat qilishni yuklating.
Payarik tuman FVB boshligi kapitan E.Boyzakov