Fuqarolar murojaatlari tinglanmoqda
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Payariq tumani hokimining 3 haftadan buyon fuqarolar bilan sayyor qabuli bo‘lmayotganligi to‘g‘risida maqola e’lon qilingan edi. Fuqaro tomonidan tuman hokimining sayyor qabullar o‘tkazmayotganligi va murojaatlarga befarqlik qilinayotganligi borasida bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Tuman hokimining fuqarolar bilan sayyor qabullari belgilangan reja asosida mahalla hududlarida hamda hokimlik binosida o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, tuman hokimi tomonidan barcha mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglanmoqda va hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Ammo, ba'zi kechiktirib bo‘lmaydigan tashkiliy sabablarga ko‘ra ayrim qabullar tuman hokimining tegishli o'rinbosarlari ishtirokida o‘tkazildi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, fuqarolar o‘z murojaatlarini tuman hokimligining rasmiy saytlarida e’lon qilingan “Ishonch telefon raqami”ga Telegram orqali bevosita yuborishlari mumkin. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilmoqda.