Fuqarolarning o`z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni ta`minlash borasidagi ishlar haqida
Fuqarolarning o`z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni ta`minlash borasidagi ishlar haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi mahallaning “Faol” modelunim joriy etish, uni axoli muammolarini bevosita hal etish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsadida mahallalarda yangi institut joriy qilindi.
Mahallaning joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan, mahalla raisi mahalla Kengashi majlisida qurilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritishning samarali mexanizimi yo‘lga qo‘yildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining mahallardagi muamolarini hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini turmush darajasini oshirish, mahalliy byudjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha ularni masuliyati kuchaytirildi. Mahallalarda muamollarni hal etishda mahalliy hokimliklarni moliyaviy imkoniyatlarini yana-da kengaytirish va har bir vazifa ijrosi, shuningdek, sarflanayotgan mablag‘lar yuzasidan jamoatchilik oldida hisobotlar berilishi ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qaroriga muvofiq profilaktik nazoratda turgan fuqarolarga mahallaning nuroniy va xoji otalari hamda otinoyilari birikitirilib, muntazam ravishda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda mahalladagi aholining mavjud muammo va kamchiliklarini “Xonadonbay” o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish orqali aniqlangan kamchiliklarni tegishli davlat organlari va tashkilotlarga yuborish orqali yechimi bartaraf etilmoqda.
Mahallalarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” tamoyillari asosida har bir mahallaga nochor, yakka yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning xonadonlari mahalla raislari tashabbusi bilan hashar yo‘li orqali ta’mirlanib kelinmoqda. Har bir mahallada chet davlatga ishlash uchun chiqib ketgan fuqarolar xonadonma xonadon o‘rganilib, mavjud telefon raqamlar orqali yuzma yuz suhbatlashilib, kam daromad topayotgan fuqarolarni oilasiga qaytarish, shu bilan birga ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Horij davlatida yurib oilasi qiynalgan fuqarolarga mahalla tomonidan moddiy va ma’naviy ko‘mak berib kelinmoqda. Yashil makon umummiliy loyihasi dastur asosida mahallalarda, qabristonlarda mahalla raislari tashabbusi bilan hashar yo‘li orqali mavjud 36 ta mahallalarning bo‘sh yer maydonlari va tomorqalarida minglab manzarali daraxt va gul ko‘chatlar ekib kelinmoqda. Bu ishlar zamirida eng avvalo insonlarni rozi qilish va mahallalar hududini obod va ko‘rkam, jinoyatdan holi hududga aylantirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.