insurez
22-05-2025 22:22

G‘alla mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi


Payariq tumanida joriy g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini rejali tarzda o‘tkazishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Dastlab, qur’on tilovat qilinib mavsumga baraka tilandi.  

 

Unda Payariq tumanidan tashqari, Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq, Samarqand va Urgut tumanidan kelgan mavsumga safarbar etilgan barcha mutaxassislar ishtirok etdi.

 

Seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari A.Nishonboyev qatnashib, prezidentimizning farmoni mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev, viloyat prokurori o‘rinbosari D.Usarov, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i N.Qodirov, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari X.Umarov, tuman hokimi I.Jabborov mavsumni tartibli o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

 

Joriy mavsumga o‘tgan yillarda ham qatnashgan tajribali qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari jalb etilgani ta’kidlab o‘tildi. Shu yerning o‘zida shay holatga keltirilgan texnikalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Teglar
- -