Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Hayitboyev Nosir Ashirbekovich tomonidan kredit ajratilishi masalasida bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
🟩 Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Hayitboyev Nosir Ashirbekovich tomonidan kredit ajratilishi masalasida bildirilgan murojaat (https://t.me/zarnews_uz/101576) yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Holat yuzasidan mahalla raisi, hokim yordamchisi va bank xodimlari ishtirokida fuqaroning yashash manzilida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida fuqaroning turmush o‘rtog‘i Hayitboyeva Zebo tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Hayitboyev Nosir Ashirbekovich bugungi kunda surunkali ravishda spirtli ichimlik iste’mol qilishi, Narkologiya dispanserida ro‘yxatda turishi, kredit mablag‘iga ehtiyoji yo‘qligi va uni qaytarish imkoniyati mavjud emasligi qayd etildi. Shuningdek, u kafil bo‘lishdan bosh tortgani, bir necha bor mahalla raisi va hokim yordamchisiga kredit uchun tavsiya bermaslikni iltimos qilgani ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Hayitboyev Nosir Ashirbekovich ajratiladigan kredit mablag‘ini avtomobil xarid qilish uchun ishlatmoqchi ekani aniqlanib, bu holat kredit mablag‘larining belgilangan maqsadlarga mos ravishda yo‘naltirilmasligi xavfini yuzaga keltiradi.
Ma’lumot uchun, fuqaro Hayitboyev Nosirga 2025-yil 15-mart kuni hokim yordamchisi tomonidan 20 million so‘m miqdorida kredit ajratish bo‘yicha tavsiya berilgan, biroq fuqaro bu taklifni rad etib, unga 30 million so‘m miqdorida naqd pul berilishini talab qilgan.
Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda, fuqaro Hayitboyev Nosir Ashirbekovichga kredit ajratish masalasi maqsadga muvofiq deb topilmadi.
📌 Kredit mablag‘lari ehtiyojmand va haqiqiy maqsadli faoliyat yuritayotgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.