insurez
04-03-2025 09:20

Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni yechish borasida olib borilayotgan ishlar haqida MA ‘ L U M O T N O M


Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni yechish borasida olib borilayotgan ishlar haqida

MA ‘ L U M O T N O M

 

 Payariq tumanida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatini ko‘rsatib kelayotgan “Shohimardon Asqarov” Oilaviy Korxonasi 2022-yilning 27-may kuni Davlat Xususiy Sherikchiligi asosida uch tomonlama Bitim imzolagan vaqtida jami 22 dona maxsus chiqindi to‘plash va boshqa turdagi texnikalarni qabul qilib olgan bo‘lib, shundan 10 dona maxsus chiqindi to‘plash avtomashinasi xamda 1 dona buldozer traktori xam nosoz axvolda bo‘lgan. (xozirgi kunda buldozer traktori “Maroqandobod” DUKGA topshirilgan). Ko‘rilgan chora tadbirlar, ya’ni zarur extiyot qismlar buyurtma asosida olib kelinishi natijasida nosoz axvolda bo‘lgan maxsus avtomashinalardan 7 donasi qayta ta’mirlandi, 3 dona maxsus atvomashina uchun zarur bo‘lgan extiyot qismlarga buyurtma berilgan. Avtomashinalarni qayta ta’mirlash uchun Oilaviy korxona 700 mln. so‘m miqdorda mablag‘ sarflagan.

 Oilaviy Korxonamiz tashkil etilgunga qadar sobiq “Toza hudud DUK” tomonidan tumandagi jami 35 MFY ga, ya’ni 70.000 dan ko‘proq aholiga xizmat ko‘rsatib kelgan. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish esa umuman qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan.

 Oilaviy Korxona tashkil etilganidan sung bu ko‘rsatkich 49 ta MFY, ya’ni 198.761 ta aholini tashkil etdi, ya’ni aholining 76% qamrovga olindi. Yuridik shaxslarni qamrovi 2024-yilda 723 ga yetgan.

  MFYlarni to‘liq qamrovga olinmaganligiga ba’zi bir obyektiv sabablar mavjud bo‘lib, jumladan MFY hududlarini dasht hududlarda joylashganligi, aholining yashash xonadonlari tarqoq xolda ekanligi, maxsus avtomashinalarning qatnov yullaridagi muammolar mavjudligi va h.k.lardir.

 Oilaviy Korxonamiz tashkil etilganidan so‘ng jami bahosi 4 mlrd. so‘mga yaqin bo‘lgan, jami 12 kubdan bo‘lgan, uch dona maxsus avtomashina olib kelindi. Hududlarda maxsus chiqindi to‘plash qutilari soni 100 dan oshdi. Maxsus chiqindi to‘plash qutilari xozirgi kunda qayta ta’mirlanib, buyoq qilinmoqda. Ish joylarini tashkil qilish chora-tadbirlari ko‘rilishi natijasida hozirgi kunda 100 dan ortiq ishchi xodimlar Oilaviy Korxonamizda ishlab kelmokdalar. Oilaviy Korxonamiz ishchi xizmatchilari tomonidan maishiy chiqindilar to‘plash, olib chiqib ketishlari tumandagi Ekologik vaziyatni yaxshilanishida katta o‘rin tutmoqda.

 2025-yilda Oilaviy Korxonamiz tomonidan;

 

 1. Kelajakda maishiy chiqindini olib chiqib ketish xizmatini ko‘rsatuvchi 2 dona maxsus avtomashina xarid qilish,

 

 2. joylarda 4 ta maxsus chiqindi to‘plash shaxobchalarini qo‘rib foydalanishga topshirish;

 

 3. maxsus temir qutilardan yana 120 dona tayyorlash, tegishli hududlarga o‘rnatish;

 

 4. Oilaviy Korxonada ishlaydigan ishchilar sonini 120 dan oshirish choralari ko‘rilgan.

 

 5. . Xozirgi kunda tumanimizdagi yana 7 ta, ya’ni “Katta saydov”, Taraqqiyot”, “Xosa”, “Istiqlol”, “Dehqonobod”, “Boshqo‘rg‘on”, “Boshcho‘rash” MFY larni qamrovga olish ishlari takil etilgan. (kelajakda barcha MFYlarni qamrovga olish)

 Olib borilayotgan ishlarga qaramasdan aholining ko‘rsatilgan xizmat evaziga to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmayotganliklari, debitor qarzdorlikni har oy oshib borishi, maxsus avtomashinalarni Samarqand shaxrida joylashgan maxsus avtoservislarda bosqichma-bosqich to‘liq ta’mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtda moddiy tomondan OKga katta qiyinchilik tug‘dirmoqda. Shunday bo’lsadaxizmat ko’rsatish sifati pasaytirilgani yuq.

 

Ushbu oilaviy Korxona tomonidan xizmat faoliyatini takomillashtirish, kelajakda aholiga xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida ish rejalari ishlab chiqilgan, ish rejada ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.

 

 Payariq tumani hokimi I.Jabborov

Teglar
- -