insurez
08-02-2025 15:51

Matabgacha va maktab ta'limi vaziri H.Umarova hamda viloyat hokimi A.Boboyev ishtirokida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ko'tarilgan masalalar ijrosi yuzasidan vazifalar belgilab olindi


Tuman hokimi I.Jabborov rahbarligida hokimlik va mutasaddi tashkilotlar vakillari, ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o'tgan yig'ilishda tumandagi ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umum ta'lim maktablari hamda barkamol avlod bolalar maktablarida ta'lim sifatini oshirish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, har bir ta'lim tashkiloti rahbari o'zi boshqarayotgan ta'lim muassasasida salohiyatli kadrlar jamoasini tashkil etishi, moddiy texnik bazasini yaxshilashi va ta'lim sifatini oshirishi lozim. Qolaversa, darslarni yangicha metodlar asosida o'tish, xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy qilish muhim.

Tuman rahbari ayni shu jihatlarga e'tibor qaratdi. Shuningdek har bitta maktabda ikki til-bir kasb tamoili asosidagi ishlarni tashkil etish, o'quvchilarni fan olimpiyadalariga tayyorlash va  oliy ta'limga qamrov darajasini oshirish lozimligini ta'kidladi..

Teglar
- -