insurez
24-07-2024 20:00

#matbuot_anjumani Kam ta`minlangan aholi qatlamini qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar.


Kam ta’minlangan aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga jshirilgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.

         Hozirda Payariq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida 22 nafar, tumandagi 65 ta mahhallada 34 nafar ijtimoiy xodim,  jami 66 nafar xodim tumandagi  274600 nafar aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

          2024-yil yanvar oyida  tumanda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni  19871 nafarni oila soniga nisbatdan (31.2 %) tashkil etgan bolsa Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari togrisidagi  596-sonli qarorini fuqarolarga sayyor qabullar otkazilib tushuntirish ishlari  va  ishsiz fuqarolarni bandligini taminlanishi evaziga  tumanimizda hozirgi kunda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni  10451 nafarni oila soniga nisbatdan (16.1%) tashkil etmoqda  shundan 10178 nafari kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi oluvchilar bolsa  273 nafari moddiy yordam oluvchilar xisoblanadi.

          Bugungi kunda  Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarga nogironlik  nafaqalari ham tolab kelinmoqda.  Bolalikdan nogiron bolgan farzandi bor onalarga yoshga doir nafaqa 32 nafar, Yakka yolgizlar 62 nafar, 18- yoshgacha bolalaikdan nogironlik nafaqasi 1558 nafar , yoshga doir nafaqa 69 nafar, nogironlik nafaqasi 2897 nafar, boquvchisini yoqotganlik nafaqasi 489 nafar,  parvrishlash nafaqasi 649 nafar  jami tuman boyicha 5753 nafar fuqarolar nogironlik nafaqalari olib kelmoqda.

             Imkoniyati cheklangan fuqorolar bilan ishlash jarayonida 2024-yilning yanvar oyidan buyon vaucher tizimi orqali protez-ortopediya mahsulotlari va reablitatsiya qilishning texnik vositalarini yetkazish boyicha qator ishlar amalga oshirildi. Jami 856 ta, shundan RTV 728 ta POM 128 ta. Shulardan 56 nafar bolalar uchun aravacha hamda 149 nafar kata yoshdagi fuqarolar uchun arava,13 nafar fuqaroga elektron arava, 22 nafar fuqorolar uchun eshitish apparati, 123 nafar fuqaroga qoltiq tayoq, 3 nafar fuqaroga tirsakli qoltiq tayoq 314 nafar fuqaroga hassa, 31 nafar kozi ojiz fuqorolar uchun hassa, 5 nafar fuqoroga najoz qabul qilish moslamasi, 3 nafar fuqaroga ovozli tanometr, 2 nafar fuqaroga tirsakli hassa, 7 nafar fuqaroga yurish moslamalari va 128 nafar fuqaroga protez-ortopediya mahsulotlari yetkazib berildi.

      Vasiylik va homiylik yonalishida  2024-yilda  415 nafar bolalarga vasiy va homiylar tayinlanib, 2 nafar yetim va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bola barcha qulayliklarga ega uy joy bilan ta’minlandi.

      Bugungi kunda tumanimizda 111 nafar yolgiz yashovchilar bolib shundan 53 nafari yolgiz keksa, 33 nafari yolgiz yashovchi keksa,

19 yolgiz nogironligi bolgan shaxs, 6 nafari  yolgiz yashovchi nogironligi bolgan keksalar bolib shulardan 62 nafariga nafaqa (kompensatsiya puli 648 ming) tayinlandi, 15 nafari sanatoriyaga yuborilgan bolsa 59 nafari toliq tibbiy korikdan otkazilib Payariq tuman tibbiyot birlashmasida davolanib chiqdi.

        Tumanda 24818 nafar ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand oila va fuqarolar bolib, shundan 127 nafariga keys menejment usulida turli xizmatlar korsatib kelinmoqda.

Teglar
- -