insurez
29-04-2024 17:25

#matbuot_anjumani Payariq tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar to'gʻrisida


Maktab taʼlimi

Tumanda 107 ta (103 ta umumtaʼlim, 1 ta ixtisoslashgan, 3 ta nodavlat) maktablar mavjud.
Jami 51595 nafar oʻquvchilar (1-sinf 5824 nafar, 11-sinf 3251 nafar) mavjud.
5033 nafar (oliy va birinchi toifa 1269 (25.3 foiz) nafar) oʻqituvchilar mavjud.
Mavjud 455 nafar chet tili fan oʻqituvchilarining 116 nafari (25.4 foiz) da xalqaro va milliy sertifikatlar mavjud.
Maktablarni 3070 nafar oʻquvchi bitirib, shundan 1677 (54 %) nafari OTMlarga oʻqishga kirdi. 
Tumanda jami 4 ta maktablarda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning oʻqitish va baholash tizimi joriy etildi. 2024-yilda yana 8 ta maktabda rejalashtirilgan.
Samarqand tajribasi – 2024-yilda Mobil metodik guruhlarda 53 nafar oʻqituvchilar 3 ta (matematika, informatika, ona tili va adabiyot) fan yoʻnalishida kasbiy malakasi oshiriladi. 
Maktablarda 492 ta oʻquvchi oʻrni yaratilib, jami  43624 oʻquvchi oʻrni paydo boʻldi. Koeffitsent 1.2 ni tashkil etadi. 

Mahalliy byudjetdan maktab taʼlimiga 2023-yilda 1,379 mlrd.soʻm ajratilgan boʻlsa 2024-yilda 1.780 mlrd. soʻm.  2023-yilga nisbatan 401 mln.soʻm koʻp mablagʻ ajratilgan. 

2024-yilda amalga oshiriladi:
- 5033 nafar oʻqituvchilardan 1544 nafar (32.5 foiz) oliy va birinchi toifa  olishga erishiladi. (2023-yilga nisbattan +7 foiz)
- 455 nafar chet tili fan oʻqituvchilarining 116 nafari 
(25 foiz) da xalqaro va milliy sertifikatlar olishiga erishiladi. (2023-yilga nisbattan +12 foiz )
- Maktablarni 3939 nafar oʻquvchi bitirib, shundan 2400                                    (60 foiz) nafarining OTMlarga oʻqishga kirishiga erishiladi. 
(2023-yilga nisbattan 6 foizga oshadi)
- Qoʻshimcha 6 ta maktablarda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning oʻqitish va baholash tizimi joriy etiladi. Natijada jami 10 ta maktablarda yangi baholash tizimi joriy qilinadi.
- Yosh dasturchi” (code.org), “Bir million oʻzbek dasturchilari” kabi onlayn kurslarda oʻqish uchun umumtaʼlim maktablarining 3 ming 922 nafar oʻqituvchi va oʻquvchilar  jalb qilinadi.
- Samarqand tajribasi - Mobil metodik guruhlarda 53 nafar oʻqituvchilarining kasbiy mahorati oshiriladi, natijada jami  287 nafarga yetkaziladi. Bunga jami 220 mln.soʻm mablagʻ ajratilgan boʻladi.
- 2024-yil 2-fevraldagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassalari oʻquvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga oʻqitish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-53-sonli qaror ijrosi doirasida Maktablarning 10-11-sinflari “Fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish” hamda ”Biznes va kasb-hunarga oʻqitish“ yunalishlari tumandagi 10 ta maktabga joriy etiladi.
- Joriy etilgan Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yunalishlari uchun 2.5 mln soʻmlik xom-ashyolarni xarid qilish boʻyicha mahalliy byudjetdan mablagʻlar ajratilish rejlashtirilgan.
- Yil yakuniga qadar 50 nafar 10-11-sinf oʻquvchilarning xorijiy tilni bilish darajasini oʻlchovchi S1 sertifikani olishga erishiladi. 
- Maktablarda xorijiy tilni oʻqitish samaradorligini oshirish maqsadida ingliz, koreys, nemis, fransuz, xitoy va yapon tillari boʻyicha 6 nafar xorijiy malakali mutaxassislar jalb qilinadi. 
- 8 ta maktablarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi ( 1 ta yangi, 6 ta rekonstruksiya, 1 ta mukammal taʼmir), natijada 2080 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi.

Teglar
- -