Munosabat
2025-yil 31-mart kuni telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Payariq tumaniga hokim bo‘lganlardan birortasi oxirgi 30 yilning ichida “Choshtepa” mahallasida bittayam ish o‘rni yaratgan emas. Bu aniq ma’lumot” sarlavhali post joylandi.
“Choshtepa” mahallasi tuman tarixiy mahallalaridan biri bo‘lib, Oqdaryo daryosi yoqasida joylashgan, 3 mingdan ziyod aholi yashaydi. Mahallaning drayver sohasi ipakchilik, turizm xizmatlari ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish hisoblanadi.
Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan oxirgi 1 yil ichida 21 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashtirilgan. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 51 nafar fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlab olishi uchun imtiyozli kredit ajratilib, 70 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlangan, 3 nafar fuqaroga subsidiya asosida faoliyatini boshlab olishi uchun zarur bo‘ladigan asbob uskunalar ajratilgan. Mahalla hududidagi bo‘sh turgan yer maydonlarini ochiq onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali 29 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashga erishilgan. Bundan tashqari 10 ta mikroloyihalarni ishga tushirish orqali 20 nafar fuqarolar ishga joylashtirilgan. Ayni kunda Imom al-Buxoriy direksiyasining gul va bosh manzarali butalar yetishtirish bog'ida 50 ta bo'sh o'rni bor.
Shuningdek, Urgut erkin iqtisodiy zonasi Payariq filialini ham qurilish ishlari boshlangan.
Kelgusida daryo bo‘yidagi yer maydonlari 20 ta lotga bo‘linib, auksionga chiqarish orqali aholi dam olish maskanlari, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil qilish rejalashtirilgan. Bunda jami 5,14 mlrd. so‘m budjetidan mablag‘ ajratilib, daryo yoqasini zarur infratuzilma bilan ta’minlash orqali jami loyiha qiymati 23,5 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 1 ta mehmonxona, 4 ta kotejlar, 1 ta davolash markazi, 12 ta shiponlar, 25 ta oilaviy dam olish uchun o‘tovlar va boshqa savdo va ko‘ngilochar xizmatlari tashkil etiladi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 130 dan ziyod ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.