insurez
14-01-2025 11:13

Obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi


Obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi

Bugun tuman hokimi I.Jabborov rahbarligida hokimlik va tuman tashkilotlari mas'ullari bilan hududlar bo'ylab o'rganishlar o'tkazildi.

Unda asosiy e'tibor hududlardagi qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlariga qaratildi.

Xabaringiz bor, tuman rahbari tomonidan hududlar bo'ylab o'tkazilgan o'rganishlarda asosiy yo'llar bo'ylarini obodonlashtirish, yo'l bo'yidagi bino va inshootlarning fasad qismini tartibga keltirish, yollarni ta'mirlash va ikki chetini ko'kalamzorlashtirish kabi bir qator vazifalar belgilab borilmoqda va amali ishlar qilinmoqda.

Navbatdagi o'rganishlarda ham Lazzat chorrahasidan tuman markazigacha bo‘lgan yo‘l atrofini obodonlashtirish, piyodalar yo‘laklarini tashkil etish, yo'l ustiga to'kilgan qum-shag'al va boshqa harakatga halaqit qilayotgan narsalarni olish, yo'l chetini daraxt va gul ko'chatlari ekish orqali kokalamzorlashtirish  kabi masalalarda tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Teglar
- -