insurez
13-10-2025 14:13

Payariq tuman ishchi guruhining 2025-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ 5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g'risida”gi KQ-787-IV-sonli qarorlari qabul qilingan.

Mazkur qarorlarga ko‘ra:

Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan tuman (shahar)lar byudjetlari mablag‘lari tegishlicha tuman va shahar hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanishi va ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi qat’iyan taqiqlanishi belgilangan.

2025-yil 2-chorak davomida “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash” maqsadida tuman byudjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi hisobidanIMVning 2025-yil 25-martdagi 03/23-9-6500-son xatiga asosan mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan  qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan loyihalarga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 1 500,0 mln. so‘m, Jami bo‘lib  1 500,0 mln. so‘m mablag‘ jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida tuman hokimligida ochilgan “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”ga yo‘naltirildi.

Jamoatchilik fikri asosida 2025-yil 1-mavsumning birinchi bosqichida, joriy yilning 1-20-fevral kunlari openbyudjet.uz rasmiy veb sayti orqali tumandagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar tomonidan 147 ta tashabbuslar qoldirildi, ularning umumiy qiymati 197 854,5 mln. so‘m.

Ikkinchi bosqichda, ushbu takliflar joriy yilning 21-fevraldan 7-martgacha ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib saralandi va natijada ishchi guruh xulosasiga asosan 133 ta tashabbus jami 183 242,2 mln. so‘mlik takliflar keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Uchinchi bosqichda, joriy yilning 8-martdan 10-mart kunlariga qadar fuqarolar va tashabbuskorlar tomonidan o‘z loyihalarini targ‘ibot qilish jarayonlari bo‘lib utdi.

To‘rtinchi bosqichda, joriy yilning 11-martdan 20-mart kunlari fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayonlari bo‘lib utdi va eng ko‘p ovoz olib g‘olib bo‘lgan takliflar, ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 14 ta taklif tashabbuskorlari jami 139 921 ta ovozlar yig‘ib20 601,6 mln. so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.

Jumladan:

1. Madaniyat mahallasidagi Ziyonur, Begʻubor  ichki koʻchalarini asfalt yotqizish  maktab va sogʻish ota Jomiy masjidga borish yoʻlaklarini qurish

 

 

tashabbusi uchun 10 323 ta ovoz yig‘ib, 1 485,0 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Bugungi kunda ushbu loyixada ishlar tolliq yakunlandi.

2. Payariq tuman tibbiyot kollejining Sport zali, faollar zali, tashqi fasad, suv tarmog‘ni yangilash va Kichik fudbol o‘yingoxi qurish tashabbusi uchun 10 282 ta ovoz yig‘ib, 1 300,0 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Ushbu loyixada qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

3. Payariq tumanida joylashgan Nakurt maxallasining Bektopi, Boshmoq qishloqlarining ichki yo‘llarini asfalt qoplamasi bilan qoplash tashabbusi uchun 10 167 ta ovoz yig‘ib, 1 499,8 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Bugungi kunda ushbu loyixada ishlar tolliq yakunlandi.

4. Ko‘l qishlog‘ining 33-umum ta’lim maktabiga qo‘shimcha 180 o‘rinli o‘quv binosini qurish tashabbusi uchun 10 007  ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Ushbu loyixada qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

5. Oktosh maxallasidagi Dilnovo kuchasini asfalt koplamasi bilan koplash tashabbusi uchun 9 991 ta ovoz yig‘ib, 1 499,8 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi,Ushbu loyixada qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda

6. Navro‘z mfy oqqo‘rg‘on qishlog‘ining 4 500 metr ichki yo‘llariga asfalt qoplamasini yotqizish tashabbusi uchun 9 984 ta ovoz yig‘ib, 1 499,8  mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Bugungi kunda ushbu loyixada ishlar tolliq yakunlandi.

7. Doʻstlik mfy kattasoy qishlogʻini 3 ta ichki yoʻllarini 3000 metr qismini asfalt qoplamasini yotqizish tashabbusi uchun 9 950 ta ovoz yig‘ib, 1 485,0 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Bugungi kunda ushbu loyixada ishlar tolliq yakunlandi.

8. Olmazor mahallasining O‘tab va Mirhoshim qishloqlarini ichki yo‘llariga asfalt yotqizish tashabbusi uchun 9 941 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Bugungi kunda ushbu loyixada ishlar tolliq yakunlandi.

9. Yangi hayot MFY Binafsha maktab koʻchasi 1200 metr, Kanal boʻyi koʻchasi 800 m,Binafsha 1 kanal boʻyi koʻchasi bilan tutashgan qismidan 700 metr qismini asfalt qilish tashabbusi uchun 9 906 ta ovoz yig‘ib, 1 336,5 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Bugungi kunda ushbu loyixada ishlar tolliq yakunlandi.

10. Payariq tumanida joylashgan Gulzor maxallasining Qorabayir 2-qishlog‘ini ichki ko‘chalarini asfalt qoplamasi bilan qoplash tashabbusi uchun 9 897 ta ovoz yig‘ib, 1 495,8 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Bugungi kunda ushbu loyixada ishlar tolliq yakunlandi.

11. Payariq tumanida joylashgan Yangiobod maxallasining Yo‘ltepa 2 qishlog‘i Raxmatobod ko‘chasini ichki ko‘chalarini asfalt qoplamasi bilan qoplash tashabbusi uchun 9 894 ta ovoz yig‘ib, 1 499,8 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Bugungi kunda ushbu loyixada ishlar tolliq yakunlandi.

 12. Gulzor maxallasini Korabayir qishlog‘in 3-birgadasining ichki ko‘chalarini asfalt qoplamasi bilan qoplash va piyodalar yo‘laklarini barpo etish tashabbusi uchun 9 893 ta ovoz yig‘ib, 1 499,8 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Bugungi kunda ushbu loyixada ishlar tolliq yakunlandi.

13. Payariq tumanidagi 92-umumta’lim maktabida 210 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlarini amalga oshirish tashabbusi uchun 9 868 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Ushbu loyixada qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-martdagi 03/23-9-6500-sonli xatiga asosan mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan va 1 ta tashabbusni moliyalashtirish uchun Tuman maxalliy budjetining ortirib bajarilgan qismidan jami 1 202,4 mln. so‘m mablag‘ ajratildi:

Jumladan:

14. Gulzor mfy ning Qorabayir qishlog‘i Balantepa ko‘chasini 4.5 km asfalt yotqizish tashabbusi uchun 9 818 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln. so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi, Bugungi kunda ushbu loyixada ishlar tolliq yakunlandi.

 

      “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025 yil 2-mavsumi bo‘yicha

 

2025-yil 2-3-chorak davomida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025 yil          2-mavsumi (iyul-avgus-sentabr oylarida) tugagan bo‘lib, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da 22 523,0 mln.so‘m ajratilgan bo‘lib Shundan tuman mahalliy budjetining 2025-yil 2-chorak yakuni bilan daromadlar rejasnining orttirib bajarilgan qismining 30 foizi 1 200,0 mln.so‘m “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga yo‘naltirilgan 5 860,2 mln.so‘m iqtisod bo‘lgan) mablag‘lar shakllangan. Shakllantirilgan mablag‘lar doirasida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi 2025 yil 15 iyuldan 31 avgust kuniga qadar to‘rt bosqichda o‘tkazildi.

1-bosqich: 2025 yilning 15 iyul kunidan 3 avgust kuni oralig‘ida taklif qoldirish jarayoni orqali bo‘lib o‘tdi. Bunda fuqarolar tomonidan o‘z xududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “openbudget.uz” axborot portali orqali jami             176 227,6 mln. so‘mlik 123 ta takliflar bildirildi.

2-bosqich: 2025 yilning 4 avgustdan 18 avgustgacha takliflarni saralash jarayoni, barcha takliflar moderatsiyadan o‘tkazilib, ishchi komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi va 108 ta takliflar qabul qilinib o‘tkazildi. 15 ta takliflar belgilangan me’zonlarga (bir-birini takrorlovchi,  boshqa hududga ta’luqli, shaxsiy xususiyatga ega va hokazolar) mos emasligi sababli rad etildi.

3-bosqich: 2025 yilning 19 avgustdan 21avgust kunigacha loyihalarni targ‘ibot qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

4-bosqich: 2025 yilning 22 avgustdan 31 avgust kunigacha ovoz berish jarayoni bo‘lib, bunda qabul qilingan takliflar doirasida ovoz berildi. Natijada eng ko‘p ovoz to‘plagan 15 ta takliflarning 22 498,0 mln.so‘mlik loyihalari amalga oshadigan bo‘ldi.

1 ta taklif bo‘yicha 1 500,0 mln.so‘mlik 89-son umumta’lim maktablarining qurilish va ta’mirlash hamda jihozlash ishlari bajariladi;

2 ta taklif bo‘yicha 3 000,0 mln.so‘mlik tibbiyot muassasasining ta’mirlash ishlari;

2 ta taklif bo‘yicha 3 000,0 mln.so‘mlik Xo‘jabod va Zarafshon MFYlarning elektr tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha.

10 ta taklif bo‘yicha 14 998,0 mln.so‘mlik Tumandagi maxallalarning ichki yo‘llarini asfalt qoplamasi bilan qoplash.

Jumladan:

    1. Payariq tumanida joylashgan Tibbiyot birlashmasiga qarashli gimadiyaliz bo‘limi binosini mukammal ta’mirlash va suv oqava tizimini hamda suv chiqindi xavuzini ta’mirlash.tashabbusi uchun 7 432 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

 

 

 

2. Chelak shifoxonasi binosi fasad qismini, tashqi qismini devor bilan o‘rash va oqava suv tizimini xududdan tashqariga chiqarish tashabbusi uchun 7 030 ta ovoz

 

yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

3. Tumandagi 89-son umumta’lim maktabda bolalar sigʻmay qolganligi uchun qushimcha bino qurish  tashabbusi uchun 3 189 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

4. Payariq tumani "G‘allakor" MFY Turkmanovul qishlog‘i ichki yo‘llari va 50-maktabga olib boruvchi yo‘llarni asfalt qilish loyihasi uchun 6 713 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

5. Boshmoq, Qo‘shilish yunalishidagi yo‘lni хamda Kuksarov, Ulfatan yo‘nalishini asfaltlash tashabbusi uchun 4 071 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

6. Boshqo‘rg‘on MFY To‘g‘onboyobod qishlog‘idagi 101-maktabga boruvchi Uzumzor ko‘chasining asfalt qoplamasi bilan qoplash tashabbusi uchun 3 076 ta ovoz yig‘ib, 1 499,3 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

7. Zarafshon mahallasi Qalandar qishlog‘ini asfalt qoplamasi yotqizish tashabbusi uchun 3 067 ta ovoz yig‘ib, 1 499,3 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

8. Navruz Mahallasi Oqqo‘rg‘on qishlog‘ini ichki yo‘llarini va qabriston yo‘lini  asfalt qoplamasi bilan qoplash tashabbusi uchun 2 816 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

9. Oqtosh maxallasidagi Kardoshlik kuchasini ,Shalola kuchalarini  va boshka kolgan kuchalarini asfalt koplamasi bilan koplash maksad farzandlarimizga 19 maktabga va bogchaga loy kuchadan yemas toza yulda borish uchun tamirlash asfalt kilish tashabbusi uchun 2 814 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

10. Yangi xayot maxallasi Rayim va Cholmuyin kishloklarining ichki yo‘llarini asfalt qoplamasi qoplash tashabbusi uchun 2 749 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

11 Koʼpaki MFY dagi ichki yoʼllarni asfalt qoplamasini yotqizish tashabbusi uchun 2 602 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

12. Payariq tumanida joylashgan Navbaxor mahallasini ichki yo‘llarini asfalt qoplamasi bilan qoplash tashabbusi uchun 2 286 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

13. Payariq tumanida joylashgan Oqtosh maxallasi xududidagi Shaximardon ko‘chasini Dilnovo ko‘chasiga ulovchi ichki kuchalarni asfalt qoplamasi bilan qoplash tashabbusi uchun 2 101 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.

 

 

 

Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

14. Xo‘jaobod maxallasiga 6 dona  250 Kv transformator o‘rnatish, Maxalladagi mavjud sim yog‘ochlarni o‘rniga 400 dona temir biton stolbaga almashtirish hamda ochiq simlarni o‘rniga yopiq kabelaga almashtirish tashabbusi uchun 1 615 ta ovoz

yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

15 Zarafshon mahallasi Qo‘shtepa qishlog‘i elektr ta’minotini yaxshilash. Transformatorlar o‘rnatish, simyog‘ochlarni almashtirish, kabellar tortish, ko‘cha chiroqlari o‘rnatish tashabbusi uchun 1 197 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda loyixani ulchov va smeta loyixasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.

2025-yil 2-mavsumda g‘olib loyihalarga buyurtmachi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib tanlov asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihachi tashkilotlar aniqlanish jarayonida. 

 

Tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari  

A.Ernazarov



 

 

Teglar
- -