Payariq tumanida tomorqachilik klasteri ishga tushdi
Payariq tumanida tomorqachilik klasteri ishga tushdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115 sonli qaroriga asosan tumandagi “Gulzor” mahallasi hududida tashkil etilgan “Tomorqa Emalach Servis” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yo'lga qo'yildi.
Bugun mazkur tomorqachilik klasteriga tegishli "Namunaviy o'quv tajriba maydonchasi"ning ochilishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Respublika Kengashi raisi o'rinbosari Sh.Teshayev, viloyat qishloq xo'jaligi boshqarmasi va fermer, dehqon xo'jaliklari viloyat Kengashi mutasaddilari, tuman hokimi Isroil Jabborov boshchiligidagi sektor mas'ullari, tuman tashkilotlari hamda qishloq xo'jaligi kompleksi xodimlari ishtirokida o'tgan tadbirda so'z olganlar so'ngi yillarda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi sohasiga xususan, tomorqachilikni rivojlantish masalasiga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidlashdi.
Jumladan, sohaga zamonaviy, ilmiy yondoshuvni olib kirish hamda qishloq xo'jaligi xodimlarining bilimlarini oshirish masalasida fik-mulohazalar bildirilib, bu ishda mazkur klasterning ham alohida o'rni bo'lishi aytib o'tildi.
Tadbir davomida, ushbu tomorqachillik klasterining mavjud imkonyatlari ham ko'zdan kechirildi.
Ma'lumot uchun, “Tomorqa Emalach Servis” MCHJ tomonidan aholiga 12 ta yoʻnalish boʻyicha tomorqa xizmatini ko'rsatiladi.
Quyida korxonaning 12 ta yo'nalish bo'yicha mavjud imkoniyatlari bilan tanishaiz
1 Koʻchatchilik issiqxonasi tashkil etish (0,20 gektar) 500 mln.soʻm
2 Texnika parki (1 ta minitraktor, 25 ta motokultivator, 12 ta doripurkagich) 820 mln.soʻm
3 Yuk saqlash omborxonasi (600 tonna) 260 mln.soʻm
4 Sovutgichli omborxona (200 tonna) 600 mln.soʻm
5 Urugʻ, koʻchat, oʻgʻit, kimyoviy vositalar doʻkoni (4 ta) 1000 mln.soʻm
6 Ixcham issiqxonalar qurish sexi 400 mln.soʻm
7 Quritish sexi va tomat ishlab chiqarish (yiliga 40000 tn) 320 mln.soʻm
8 Inkubator (bir marta/50 ming dona) 200 mln.soʻm
9 Sunʼiy qochirish punkti 100 mln.soʻm
10 Sutni qabul qilish punkti (kuniga 10 tonna) 200 mln.soʻm
11 Yem ishlab chiqarish sexi (kuniga 8 tonna) 200 mln.soʻm
12 Saralash qadoqlash sexi (meva-sabzovot va dukakli ekinlar) 400 mln.soʻm