PAYARIQ TUMANIDAGI YETTITA SHAYX MANGU QO'NIM TOPGAN ZIYORATGOHLAR OBODONLASHTIRILADI
Turizm sohasi iqtisodiyotning muhim bo'g'inlaridan biri bo'lib, so'ngi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan ayni yo'nalishga alohida etibor qaratilmoqda. Bu borada Payariq tumanida ham manzilli rejalar asosida, tizimli ishlar qilib borilmoqda.
Jumladan, tuman hokimi I.Jabborov tomonidan hududdagi tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish va ziyorat maskanlari sifatida, turizm ob'yaklari yo'nalishiga kiritish borasida amaliy ishlar boshlandi.
Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, Payariq tumanida Imom al-Buxoriy qadamjosidan tashqari yana yettita shayx ziyoratgohlari ham mavjud bo'lib, aksariyatr kishilar bundan bexabar. Jumladan,
Xo'ja Ismoil MFY da joylashgan No'g'ay ota ziyoratgohi (https://telegra.ph/Nogay-ota-ziyoratgohi-12-24)
G'oyib ota MFY da joylashgan G'oyib ota ziyoratgohi (https://telegra.ph/Goyib-ota-ziyoratgohi-12-24)
Aliobod MFY da joylashgan Olim shayx ziyoratgohi (https://telegra.ph/Olim-shayx-ziyoratgohi-12-24)
Darvishayx MFY da joylashgan Darvishayx ziyoratgohi (https://telegra.ph/Darvishayx-ziyoratgohi-12-24)
Mustaqillik MFY da joylashgan Eshoni shayx Narzullaxon (G'aribiy) ziyoratgohi (https://telegra.ph/Eshoni-shayx-Narzullaxon-Garibiy-ziyoratgohi-12-24)
Boshqo'rg'on MFY da joylashgan Shayx Sayid Nuriddin xoji ziyoratgohi (https://telegra.ph/Shayx-Sayid-Nuriddin-xoji-ziyoratgohi-12-24)
Toxir Shayx MFY da joylashgan Toxir shayx ziyoratgohi (https://telegra.ph/Toxir-shayx-ziyoratgohi-12-24)
Ushbu ziyoratgohlar bugun tuman hokimi I.Jabborov boshchiligida hokimlik va tuman tashkilotlari , nuroniylar va mahallalar faollari to'monidan o'rganildi.
Jarayonda, tuman rahbari so'z olib, yaqin vaqt ichida hududdagi yettita shayx maqbaralari hududi ham obodonlashtirilashi, xususan, zaruriy binolar qurilishi, kirish yo'llari ta'mirlanib, ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berlishini takidladi. Bunda mahalla faollari, nuroniylar va jamoatchilik birligi va ko'magi alohida o'rin tutishi tushuntirildi.
Albatta, yetti shayx ziyoratgohlarining obodonlashtirishi tumanda turimni rivojlantirishda muhim qadamlardan biri deyish mumkin.