#press_tur Qishloq xo'jaligida suvdan oqilona foydalanish borasida ko`rilayotgan chora-tadbirlar.
Qishloq xo‘jaligi va ichimlik uchun suv еtishmovchiligi, qurg‘oqchilik hamda suvga aloqador boshqa muammolar yildan-yilga ko‘proq bezovta qilayapti.
Ushbu sharoitda eng to‘g‘ri va dunyo tajribasida tan olingan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish va kengaytirish murakkab vaziyatda to‘g‘ri tanlov hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 mart kuni “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 144-sonli Qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Jomboy tumanida 2023 yilda jami 950 gsktar (785 ga bog‘ va 165 ga boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari) maydonda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish belgilab berilgan va reja to’liq bajarildi..
Tumanda shu kunga qadar 5441 gektar maydonda (jami sug‘oriladigan maydonga nisbatan 23 foiz) jumladan, tomchilatib sug‘orish 5341 ga, yomg‘irlatib sug‘orish 100 ga va ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida 100 ga maydonda sug‘orish ishlari yo‘lga qo‘yilgan va bu orqali 20-25 mln.m3 suvni iqtisod qilish imkoniyati yaratilmoqda.
Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan еr maydonlari texnologiya joriy qilingan kundan boshlab besh yil muddatga еr solig‘idai ozod qilingan.
-Ayni vaqtda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish iktisodiy jihatdan samarali ekanligini ko‘rsatmoqda. Egatlab sug‘orish usulida sabzavot maydonlarini bir marta sug‘orishga 900-1100 m3 suv sarflanayotgan bo‘lsa, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan maydonlarni sug‘orish uchun gektariga 350-420 m3, yoki 40-45 foiz suv kifoya qilmoqda.
Bugungi kunda tumanimizda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarining uskunalari va butlovchi qismlari tumanda faoliyat yuritayotgan “Maroqand meva sabzavot” MChJ, “Sag Agro” MChJ,“Ajar San Agro” MChJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Dastur asosida mahsulotni boshqa davlatdan tashish harajatlarini tejash hisobiga tannarxi 15-20 foizgacha pasaytirish yoki gektariga 5 mln. so‘mgacha arzonlashtirish imkoni tug‘iladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5005-sonli qaroriga muvofiq Jomboy tuman irrigatsiya bo‘limi tomonidan 2023 yil davomida 27 dona (Aqlli suv) suv o‘lchash tizimi joriy qilinib foydalanib kelinmoqda.
2024 yil ish rejasi bo‘yicha qisqacha ma’lumot
Tumanda 2024 yil uchun 275 ta fermer xo‘jaliklarining 348 km ichki ariq zovurlaridan 220 km bitonlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 29,1 km ariqlar 13,2 foizga betonlashtirildi.
Joriy yilda 1300 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish belgilab olingan bo‘lib, pudratchi korxonalar bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda. Qurilish va montaj ishlari 2024-yil yakuniga qadar tugatish rejalashtirilgan.