insurez
14-03-2025 19:53

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari berilgan


Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari berilgan

Bugun tuman hokimi I.Jabborov aholi xonadonlariga  energiya tejovchi  quyosh panellari o‘rnatish yuzasidan tumanning Choshtepa va Xo‘ja Ismoil mahallasida joylashgan namunali uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Sektor rahbarlari, hokimlik va tuman tashkilotlari mas’ullari bilan o‘tgan uchrashuvda aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarda quyosh panellarini o‘rnatish masalasi muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevralda "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra 2023-yil 1-apreldan:

Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan hamda yuridik shaxslar umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi bo‘yicha foyda solig‘idan 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga ozod etilishi belgilangan.

Teglar
- -