insurez
28-02-2025 16:13

RAMAZON OYNI KO'NGILDAGIDEK O'TKAZISH YUZASIDAN VAZIFALAR BELGILAB OLINDI


RAMAZON OYNI KO'NGILDAGIDEK O'TKAZISH YUZASIDAN VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

Yurtboshimizning 2025-yil 27-fevraldagi "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorida, Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida o‘tkazish belgilandi.

Shunga ko‘ra, xalqimiz uchun azaldan mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik timsoli bo‘lib kelgan muborak oyni munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Payariq tumanida barcha masʼullardan iborat saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

Unda, tuman hokimi I.Jabborov va sektor rahbarlari tomonidan masjidlardagi o‘t o‘chirish jihozlari, evakuatsiya rejasi, elektr, gaz uskunalarining texnika xavfsizligi qoidalariga mos bo‘lishi, namozxonlar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar, ularning xavfsizligini taʼminlash, namoz o‘qish joylarining tozaligi, jihozlanishi, sanitariya talablariga mosligi kabi bir qator masalalar borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Bu bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, aniq vazifalar belgilandi.

Teglar
- -