insurez
23-12-2024 16:13

RASMIY_MUNOSABAT


RASMIY_MUNOSABAT

Viloyat hokimligi axborot xizmatining so'rovida Payariq tumani Chelak shahri "Yangi hayot" mahallasida noqonuniy tarzda noturar bino qurilgani, ushbu imorat ostidan mudofaa vazirligiga qarashli kabel, yuqorisidan esa katta kuchlanishli elektr simlari tortilganligi, shuningdek, ushbu noturar binoni qurish uchun aholi tominidan ekilib va parvarishlanib kelayotgan daraxlar ham kesib tashlangani bildirilgan.

Mazkur holat bo'yicha shuni aytish mumkinki Payariq tumani Chelak shahri "Yangi hayot" MFY Rayim massivining hududida joylashgan, fuqaro Muzaffarova Gulchexraga tegishli yer maydoniga Davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan   14:09:08:01:07:0675 kadastr raqami berilgan  va 1718224/R-A3413235 raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 

Mazkur yer maydonida qurilish ishlari olib borilmagan,  biroq yer maydoniga tuproq, daryo toshlari va chaqiq toshlar to‘kilganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu yer maydoniga to‘kilgan toshlar yuzasidan tashabuskor tadbirkor bilan suhbatlashilganda atrofini obodonlashtirish, ariq va kopirikni ta’mirlash uchun ishlari bajarilayotganligini bildirdi.

Teglar
- -