Sessiya chaqirilmoqda
Sessiya chaqirilmoqda
Payariq tuman hokimining qarori
2024 - yil 5 - iyun 327-7-100-Q/24 Payariq tumani hokimligi
2024 - yil 5 - iyun 327-7-100-Q/24 Payariq tumani hokimligi Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari oltinchi chaqiriq, bir yuz uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi SQ-360-IV-sonli Qarorining 12-moddasiga аsosan QAROR QILAMAN: 1. Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari VI[1]chaqiriq, bir yuz uchinchi sessiyasi 2024-yil 7-iyun kuni chaqirilsin. 2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin: qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida investitsiyalarni jalb qilish hamda eksportni ko‘paytirishga oid vazifalarning bajarilishi to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari R.Niyatovning hisoboti; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i K.Narimanovning hisoboti; boshqa masalalar. 3. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.
Payariq tuman hokimi I.I.Jabborov.