insurez
23-12-2024 16:57

Ta'lim sifatini oshirish choralari ko'rilmoqda


Tumandagi barcha maktablarda ta'lim sifatini oshirish, o'quvchilarning zamonaviy texnologiyalar hamda yangicha metodikalar asosida o'qitilishini ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bugun, tuman hokimligi, tashabbuskor tadbirkorlar va sobiq bitiruvchilar ko'magida 34 ta maktabga interaktiv doskalar berilganligi ham so'zimiz isbotidir.  

Jumladan, sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari va umum ta'lim maktablari direktorlari ishtirokida o'tgan tadbirda so'z olganlar so'ngi yillarda mamlakatimizda ta'lim sohasiga qaratilgan e'tibor, yaratilgan sharoitlarga to'xtalishdi.  Yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda barcha ustozlarga omadlar tilashdi. 

Teglar
- -