insurez
12-04-2024 10:08

2024-yil boshidan hozirgi kunga qadar Payariq tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qanday ishlar amalga oshirildi?


Joriy yilning boshida muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari bilan har bir sohaga e’tibor qaratgani singari bizning ham faoliyatimizda islohot o’tkazildi. Ushbu islohotda  O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining 23.01.2023 yildagi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-15 sonli qarori huquqiy poydevor bo`ldi. Qarorning muhim jihatlariga to’xtaladigan bo’lsam, 2023-yil 1-fevraldan boshlab:

mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilindi hamda qonunda nazarda tutilgan a’zolik bilan bog‘liq Palata xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish huquqiga ega ekanligi tadbirkorlarimiz uchun alohida bir quvonchli xabar bo’ldi.
 

Shuningdek shtatlar birligi hududlarda mavjud tadbirkorlar subyektlaridan kelib chiqib 4 nafardan 6 nafargacha qilib belgilandi, oylik maoshlari ham qayta ko`rib chiqildi va byudjetdan tashqari fonddan ajratilishi belgilandi.

 

Ushbu qaror qabul qilingunga qadar, tumanlarda Tadbirkorlikka ko`maklashish markazlari mavjud edi. Markazlarda bir shtat birligi mavjud va sharoitlar yetarli darajada emas edi. Tadbirkorlarning palataga a’zoligi esa pullik bo’lib,  ming afsuski buni eshitgan tadbirkorning muammosi yetmagandek a’zolik badalini to’lashga majbur edi.

Hozirda Savdo-sanoat palatasi Payariq tuman bo’limi tomonidan jami           72 turdagi xizmatlar mavjud bo’lib 2023-yil boshidan hozirgi kunga qadar 1972 ta xizmatlar ko`rsatildi va quyidagi ishlar amalga oshirildi:

-2023-yil boshidan hozirgi kunga qadar 300 nafar tadbirkorlik subyektlari bilan so’rovnomalar o’tkazildi.  Mavjud muammo va takliflari bor 43 nafar tadbirkorlik subyektlarini muammolarini hal etish yuzasidan har hafta o’tkaziladigan tuman hokimining “Tadbirkorlar qabuli”ga taklif etilib,  ijrosi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlari bilan muammolarni yechimi yuzasidan hal etish choralari ko’rilgan bo’lsa,  25 nafariga huquqiy maslahat berildi va tadbirkorlik ko’nikmalari tushuntirildi.

 

Shuningdek, Muhtaram Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida yoshlar, xotin-qizlar hamda aholining band bo’lamagan qismini tadbirkorlikka jalb etish yuzasidan Savdo-sanoat palatasi Bulung‘ur tuman bo’limi tomonidan 2023-yil boshidan hozirgi kunga qadar 450 nafar shundan, 270 nafar yoshlar va 230 nafar xotin-qizlar 48 soatlik tadbirkorlik asoslariga o’qitildi va maxsus sertifikatlar topshirildi. Bu orqali ko`plab aholi shaxsiy tadbirkorlik faoliyatlarini boshladi va daromad topish imkoniyatlariga ega bo’lib bormoqda.

 

Tadbirkor boy bo’lsa - mamlakat boy bo’ladi. Tadbirkor boy bo’lishi uchun esa barcha eshiklar ochilmoqda va bu borasida yana bir samarali ishga qo’l urildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq, “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi joriy etildi. Ushbu dastur esa Palataning tuman bo’limlari tomonidan shakllantirilmoqda.

Bugungi kunga qadar tumandan
40 nafar tadbirkorlar yangi va mavjud loyihalarini kengaytirish yuzasidan dasturda ishtirok etish uchun arizalar berdi va ularning barchasi sertifikatlari shakllandi. Asosan tadbirkorlarimiz imtiyozli bank kreditlaridan foydalanish maqsadidalar. Bunda tadbirkordan talab qilinadigan narsa 51 nafardan kam bo’lmagan hamda shulardan 20 foizi ijtimoiy reestrda turuvchi aholi bo’lishi lozimdir. Bizning hisob kitoblar va tadbirkorlar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni analiz qilsak tadbirkor uchun sof foydani oshish va aholini farovonligiga xizmat qilar ekan.

Bugun har bir tadbirkor bilan gaplashganimizda aniq javob bermasangiz, muammolarini tinglab yechim axtarmasangiz ularni nafaqat tadbirkor va palataning ham obro’yini tushirgan bo’lamiz va bunga yo’l qo’yish na meni na boshqa biron xodimlarimizni yo’l qo’yishga haqqimiz yo’q. Palataga sohasi va ularning huquqlarini himoya qiladigan boshqa tashkilot bo`lishiga qaramay, bizning tezkor faoliyatimizga ishonch bildirayotgan fermer xo’jaliklari va boshqa turdagi tadbirkorlik subektklarining ishonchi ortib biz bilan ishlashni xoxlayotganligi, bizga yanada kuch – quvvat beradi.

Albatta jahl va zo’rovonlik bilan hech qanday natijaga erishib bo’lmaydi. Tadbirkor daromad topish istagida bo’lgan erkin shaxs, ularning muammolariga yelkadosh bo’lib, vaqtini tejagan holda avvalo nizoni yarashtiruv yoki kelishuv asosida hal etish choralarini ko’rish bizning majburiyatimiz hisoblanadi.

Shu bois nafaqat tadbirkorlar, tadbirkor bo’lish istagida bo’lgan fuqarolar uchun ham doimo eshigimiz ochiq.

Savdo-sanoat palatasi Payariq tuman bo’limi boshlig’i Farmon Saksonov.

Teglar
- -