insurez
25-10-2024 17:00

PAYARIQ TUMANI HOKIMINING QARORI


SAMARQAND VILOYATI PAYARIQ TUMANI HOKIMINING QARORI

2024-yil 24-oktabr 542-7-100-Q/24 Payariq tumani hokimligi Tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlari 2025-yil uchun band qilib qo‘yish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y, 5-6 son, 97-modda, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 25-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil 29,30-son, 277-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalarda ish o‘rinlarini eng kam miqdorini belgilash yuzasidan takliflarni inobatga olib; QAROR QILAMAN: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilishi lozim bo‘lgan tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Qayd qilingan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar quyidagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalari uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yishni ta’minlasin. O‘n to‘rt yoshgacha bolalari bo‘lgan va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar uchun 18 kishi; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar; “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari- 116 kishi; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar-2 kishi; nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun-8 kishi; pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun-5 kishi; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar-1 kishi; qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslar- 27 kishi: oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik natijasida jabrlanganlar-3 kishi. 3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar ish bilan ta’minlash uchun 2024-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiymiqdorining kamida25foiziuchun2025-yilning10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qo‘yish) to‘g‘risidagi, ya’ni har bir kvota toifasi bo‘yicha ish o‘rinlari band qilib qo‘yiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi ma’lumotlarni va qaror bo‘yicha chiqarilgan buyruq nusxalarini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin. 4. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish joylarini ko‘rsatib o‘tilgan miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomiga (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda zaxiralab qo‘yilishini (ajratilishini yoki band etib qo‘yilishini) hamda ish joylari sanitariya, gigiyena normalariga va xodim o‘z majburiyatlarini bemalol bajarishini ta’minlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlasinlar. 5. Ushbuqarorijrosi bajarilmagan taqdirda korxona, tashkilot va muassasalarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi ko‘rsatib o‘tilsin. 6. Ushbu qarorda belgilab qo‘yilgan toifalarga mansub shaxslarni ortig‘i bilan qabul qilgan korxona, tashkilot va muassasalarga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan (31.05.2019 y. № 3163) 2019-yilning 10-maydagi "O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida"gi 19-2019-B-sonli buyrug‘iga asosan subsidiya ajratilishini ta’minlasin. 7. Nizom talabiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdoridan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu o‘rinlarni tashkil etishga sarflangan mablag‘larining bir qismini Bo‘lim bilan tuzilgan shartnoma asosida Aholi bandligiga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin. 8. Bo‘lim boshlig‘i v.v.b (U.Otaqulov) besh kun muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin. 9. Tuman hokimining 2023-yil 24-oktabrdagi "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini 2024-yil uchun band qilib qo‘yish to‘g‘risida"gi 229-7-100-Q/23-sonli qarori 2024-yilning 31 dekabridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 11.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulov zimmasiga yuklansin. Tuman hokimi DJABBOROV ISROIL.ISMOILOVICH

Teglar
- -