BAYROGʻIMIZ – GʻURURIMIZ, FAXRIMIZ RAMZI!
BAYROGʻIMIZ – GʻURURIMIZ, FAXRIMIZ RAMZI!
Har bir davlatning ramzi, xalqining g‘ururi va faxri bu shubhasiz samo uzra xilpirab turgan bayrog‘idir. O‘zbekistoning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar sari boshlovchi buyuk mash’aladir.
Bugun tuman markazidagi 48-son markaziy madaniyat uyida 18-noyabr davlar bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir Markaziy harbiy okrug harbiy orkestri kuy sadolari ostidagi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.
Tuman hokimi I.Jabborov boshchiligidagi sektor rahbarlari hokimlik va tuman tashkilotlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etilgan tadbirni tuman rahbari o'z so'zi bilan ochib, Davlat bayrog'ining kelib chiqish tarixi, uning mamlakatimiz hamda dunyo hamjamiyati oldida tutgan o'rni, unda aks etgan ranglarning manosi haqida qisqacha malumot berib, barcha yig'ilganlarni ushbu sa'na bilan qutladi.
Tadbir davomida, Davlat ramzlaridan biri bo'lgan bayroqning tarixi va ahamiyati haqida sahna ko'rinishlari ham namoyish etildi. San'atkorlarning chiqishlari ijro etilgan raqslar yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
Ma'lumot uchun: 1991-yil 18-noyabr kuni mamlakatimizda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida» gi Qonun qabul qilingan. Unda davlat bayrog’i mamlakatimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi ramz ekanligi ta’kidlangan. Joriy yil O’zbekistonda Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlanmoqda.