#brifing Birinchi chorak yakuni bo`yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili mavzusida brifing o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 02-sentyabrdagi kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 535-sonli qarorining 2-bob 9-bandiga asosan 2024-yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha Jismoniy va Yuridik shaxslardan Ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan kadastr pasportini shakillantirish bo‘yicha jami 1767 ta ariza kelib tushgan bo‘lib
Shundan:
- 1181 ta murojaat ijobiy yakunlangan.
- 136 ta murajaat to‘lov kutilmoqda.
- 450 ta murojaat rad etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining” qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 685-sonli qarori asosida:
2024 yil
- Elektron onlayn-auksion savdolari uchun 2024-yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha 192 ta bo‘sh yer maydonlari (7,5 ga) auksiyonga chiqarish bo‘yicha taklifi berilgan bo‘lib
Shundan
- 30 ta bo‘sh yer maydonlari auksiyonga chiqarilgan (1.12 ga).
- 129 ta bo‘sh yer maydon vakolatli tashkilotlar tomonidan xulosa berish jarayonida (6.2 ga).
- 33 ta bo‘sh yer maydonlari taklifi rad etilgan.
- Hozirgi kunda 2023-yil hisobi 2024-yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha jami 178 bo‘sh yer maydonlari auksion savdolarida turibdi (3,82 ga) .
Davlat kadastrlari Palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Payariq tuman filialiga 2024-yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha Jismoniy va Yuridik shaxslardan Kadastr sohasiga oid jami 142 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib kelib tushgan bo‘lib
Shundan:
- 58 ta murojaat ijobiy yakunlangan.
- 47 ta murajaat huquqiy ma’lumot berish orqali hal etilgan.
- 26 ta murojaat tushuntirish berish orqali hal etilgan.
11 ta murojaat rad etilgan.