insurez
27-05-2024 16:44

Faoliyat va natija: Payariqda mas’ul kadrlarning samaradorligi tahlil qilindi


Bugun tuman hokimligida Payariq tuman hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari uchun samaradorlik.uz tizimida ishlash hamda sektorlar faoliyati samaradorligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ochiq muhokama tarzida seminar o’tkazildi.

Seminar davomida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari v.b. A.Ibragimov hamda mutaxassislari tumanimizning tegishli masʼullariga ish faoliyatiga doir bo‘lgan, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tishdi.

Davlat xizmati oldida turgan eng asosiy maqsad — xalq roziligini olish, turmushini yanada farovon qilish. Kadrlarga aholi muammolari bilan manzilli ishlash, faoliyatda tizimli natijadorlikka erishish, salomatlikni asrash bo‘yicha muhim tavsiyalar berilib, erishiladigan natijalar haqida fikr-mulohazalar almashildi.​​​​​​​

Teglar
- -