Fuqarolarni Muddatli harbiy xizmatga yuborish tartibi
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va yuborish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan yilda bir marta mart-aprel oylarida O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-mart kunidagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’rida gi PQ-4630-sonli qaroriga asosan tashkil etiladi va o’tkaziladi.
Muddatli harbiy xizmatga chaqiriladigan chaqiriluvchilarni O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarolari o’g’il bolalar yani 18-yoshdan 27-yoshgacha bo’lgan chaqiriluvchilarni o’rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Mudofaa ishlari bo’limi o’rganish jarayonida mahalla fuqarolari yig’inlariga chiqish yo’li bilan bevosita chaqiriluvchini o’zi, ota-onasi yoki yaqinlari, Mahalla Fuqarolar Yig’ini xodimlari bilan, u istiqomad qilayotgan hudud profilktika inspektori, u hisobda turgan qishloq vrachlik punktining (shaharda bo’lsa oilaviy punktining) taalluqli shifokori bilan o’tkaziladigan suhbarlar jarayonida, Tanlov kengashlari tomonidan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash va yakka tartibdagi suhbat o’tkazish jarayonida, rejimli komandalarga saralash jarayonida, chaqiruv mavsumi davrida tegishli komissiyalardan o’tish jarayonlaridan o’tib ma’naviy va ruhiy xolatlari dunyo qarashlariga ko’ra harbiy xizmatga mos deb topilsa Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatni o’tash uchun yuboriladi.
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash chaqiriluvchilar bilan olib borilayotgan harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlri quyidagilarni qamrab oladi chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgalik chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo’yicha tayyorgarligi harbiy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish tayyorgarligi jismoniy tayyorligi vatanparvarlik ruhida tarbiyalash chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi umumiy raxbarligi ostida o’tkaziladi Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlari moliyalashtirilishi hamda moddiy texnika jixatdan taminlanishini amalga oshiradilar, O’quv moddiy bazasini barpo etadilar bunday tayyorgarliklarni tashkil etish uchun javobgar bo’ladilar
Chaqiriluvchilarni o’rganish jarayonida mudofaa ishlari bo’limlari jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikga tortilgan, tergov qilinayotgan va sudlanayotgan, ichki ishlar organlai, ruhiy, sil kasalliklari, teri-tanosil kasalliklari, narkalogik dispenser hisobida turgan chaqiriluvchilar chaqiruv tadbirlariga jalb etilmaydi va muddatli harbiy xizmatga yuborilmaydi.