insurez
25-05-2024 17:55

Maktab har bir o'quvchining ikkinchi maskanidir


Maktab har bir o'quvchining ikkinchi maskanidir. Bolalar maktabga go'dak onasiga talpinganiday talpinishadi. U yerda o'qituvchilar o'quvchilarning qo'llaridan tutib yozishnino'rgatadi, bilim beradi.
6-umumta'lim maktabida ham ota-onalar, o'quvchi va o'qituvchilar jamoasi ishtirokida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri bo'lib o'tdi. Tuman hokimligidan tashrif buyurgan tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari E. Mamadiyorov tantanali tadbirni ochib berar ekan, Respublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning butun Respublikamiz maktablari o'quvchilariga atalgan tabrigini o'qib berdi va bitiruvchilarga kelajakdagi o'qish hamda ishlariga omad tiladi.
Tadbir davomida maktab direktori Z. Yusupova ham maktab o'quvchilarini "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri bilan qutlab, bitiruvchi yoshlarga iliq tabriklarini bildirdi. Ota-onalar ham katta hayot ostonasiga qadam qo'yayotgan bitiruvchilarga o'z tilaklarini bildirdi. Tadbirda maktabni a'lo baholarga tugatgan, namunali hulqi bilan boshqalarga o'rnak bo'lgan o'quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Mamayusupova Sevinch

Teglar
- -