insurez
29-07-2024 19:49

#matbuot_anjumani 2024-2025 yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida elektr ta'minotida qilingan ishlar bilan jamoatchilikni tanishtirish.


2024-2025 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida elektr ta’minotida qilingan ishlar

 

2024-2025 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va axoli xamda ijtimoiy soxa obyeklarini bir maromda elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida:

Mukammal ta’mirlash bo‘yicha  208,3 km uzatish tarmoqlari hamda 91 ta transformatorlar belgilangan bo‘lib, 118,0 km (56%) elektr uzatish tarmoqlari hamda 66 dona (72%) transformatorlar mukammal ta’mirlandi.

Joriy ta’mirlash bo‘yicha 377,4 km. uzatish tarmoqlari hamda 157 ta transformatorlar belgilangan bo‘lib, 275,0 km (55%) elektr uzatish tarmoqlari hamda  130 ta (70%) transformatorlar joriy ta’mirlandi. Shundan:

2024 yil davomida Xosa MFY hududiga 1 dona 100/10 kVt va 1 dona 160/10 kVt transformator punkti va 22 dona temir beton ustunlarga sip kabellari olib kelib o‘rnatildi.

Fitrat MFY hududiga 1 dona 160/10 transformator punkti olib kelib o‘rnatildi.

To‘polos MFY hududiga 2 dona 160/10 transformator punkti va 15 dona temir beton ustun olib kelib o‘rnatildi.

Bahor MFY hududiga 1 dona 160/10 transformator punkti, 11 dona yuqori kuchlanishli xavo tarmog‘i va 30 dona past kuchlanishli xavo tarmog‘i jami 41 dona temir beton ustunlari o‘rnatildi.

Sho‘rtepa MFY xududiga 1 dona 250/10 transformator punkti va Qirqovul mahallasi hududiga 8 dona temir beton ustunlari o‘rnatib berildi.

Baxrin MFY xududiga 1 dona 160/10 transformator punkti o‘rnatib berilgan.

Xozirgi kunda Nakurt MFYda viloyat hokimi tomonidan berilgan beton tayanchlari urnatish ishlari olib borilmokda. Xalkabod MFYda urnatilgan 570 dona beton tayanchlarga tortilgan SIP kabellarini axoliga ulash ishlari  Baxrin MFY xududida SIP kabellarni axoliga ulash ishlari olib borilmokda.

Bundan tashkari xududini elektr ta’minotini yaxshilash maksadida X.Ismoil MFY xududiga 110/35/10 nimstansiya kurish ishlari bajarilmokda. Payariq tumani Baxrin MFY xududiga 110/35/10 nimstansiya kurilish ishlari uchun loyixa ishlari bajarilmokda hamda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida tumandagi 16 ta mahallalarga
18 ta TP, 1523 ta temirbeton ustunlari hamda 63 km tarmoq tortilishi rejalashtirilgan.

Teglar
- -