O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-15-son Farmoni ijrosi xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 1
Hurmatli tumandoshlar!
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda meva-sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi 2021 yildan 2024 yilga qadar qariyb 2 barobarga oshgan.
Shu bilan birga, paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish sohasida eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish evaziga tarmoqda qo‘shimcha o‘sishga erishishda ilmiy asoslangan yondashuv va o‘rganishlarni inobatga olish taqozo etilmoqda.
Jumladan, hisob-kitoblarga ko‘ra 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xom ashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong‘oqdan 5 baravar ko‘p daromad olish hamda ushbu yerlarda oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali «Yoshlar daftari»da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyat mavjud.
Aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish va qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-15-son Farmoni qabul qilindi xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 12-fevral kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda yoshlarga yer maydonlari ajratish haqida berilgan topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarori ijrosini ta’minlash barobarida aholining daromadini oshirishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda o‘z tadbirkorligini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish va qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida.
Ushbu Farmonga muvofiq tumanimizda fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi “Dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti”ga ko‘ra tumanda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, tuman hududlarini ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan zaxiradagi va kelgusida zaxiragaolinadigan 615,0 gektar yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun;
Zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 1 gektardan bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali, qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish, ularni vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “E-IJARA” axborot tizimi orqali amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari «E-AUKSION» elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga berilishi, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda o‘z tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirishda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohalardan birida tayanch mutaxassislikka ega bo‘lgan fuqarolarga «Yoshlar daftari»da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik berilishi ko‘rsatilgan.
Shu bilan hisobotim tugadi e’tiborlaringiz uchun raxmat.
Tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i N.Ravshanov