insurez
02-08-2024 21:00

SAMARQANDVILOYATIPAYARIQTUMANIHOKIMINING QARORI


SAMARQANDVILOYATIPAYARIQTUMANIHOKIMINING QARORI 2024-yil 2-avgust 442-7-100-Q/24 Payariq tumani hokimligi Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, bir yuz oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga аsosan QARORQILAMAN: 1. Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VI-chaqiriq, navbatdagi bir yuz oltinchi sessiyasi 2024-yil 9-avgust kuni chaqirilsin. 2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin: “O‘zbekiston– 2030” strategiyasida 2024-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan harakatlar rejasi ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari G.Israilovaning hisoboti; Payariq tumani Yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi rahbari A.Ashurovning hisoboti; tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti; Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida; boshqa masalalar. 3. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.
 

Tuman hokimi DJABBOROV ISROIL.ISMOILOVICH

Teglar
- -