Sayyor qabul o'tkazildi
Bugun Payariq tumani Aliobod mahallasida Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining sayyor qabuli o'tkazildi.
Jumladan, viloyat prokraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Xalq qabulxonasi va Adliya boshqamalri mutasaddilari shuningdek, tuman hokimi I.Jabborov boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat va tuman tashkilotlari mas'ullari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Unda fuqarolarning elektr ta'minoti, gaz, toza ichimlik suvi, moddiy yordam olish, tibbiy yordam, yer ajratish, uy qurish kabi ko'plab masalalarda murojaatlari tinglanib, hal etish choralari ko'rildi.
O'rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.