insurez
12-10-2024 10:07

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq bir yuz to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida


Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq bir yuz to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga аsosan QARORQILAMAN: 1. Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi VI-chaqiriq bir yuz to‘qqizinchi sessiyasi 2024-yil 18-oktabr kuni chaqirilsin. 2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin: Tuman mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, xotin-qizlarni iqtisodiy faolligini oshirish, kasb-hunarga o‘qitish va ularni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulovning hisoboti; 2024-yil III chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar, tumandagi korxona va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash ahvoli, sektorlar rahbarlari tomonidan sayyor qabullar va unda kelib tushgan murojaatlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Sharipovning axboroti; Tumanda 2024-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi boshlig‘i F.Saksanovning hisoboti; Tuman aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish va ularni yaxshilash uchun ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida “Samarqand suv taminoti” MCHJ tuman filiali bo‘limi boshlig‘i X.Sayfiyevning hisoboti; Payariq tumani bo‘yicha 2024-2025-yilning sug‘orish mavsumi uchun suv iste’molchilariga ajratiladigan suv olish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida; Boshqa masalalar. 3. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin

Teglar
- -