insurez
22-05-2024 17:45

Yangi korxona ishga tushmoqda


Ayni paytda "Xalqobod kichik sanoat zonasi"da joylashgan "Anisabonu Fayz baraka"   mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli har xil turdagi suv ichimliklari ishlab chiqaruvchi korxona ochilishi marosimi o'tkazildi.

 

Tadbirda viloyat prokroturasi mas'ullari, tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, tadbirkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Unda so'z olganlar mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni e'tirof etishdi.

Shundan so'ng,  ishtirokchilar korxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 1 million 350 ming dollar bo'lgan  ushbu korxonaning ishga tushishi orqali 55 nafar fuqaroning bandligi ta'minlanadi.

Teglar
- -