Yoshlarga yer ajratish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi
Yoshlarga yer ajratish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi
Bugun tuman hokimi I.Jabborov rahbarligida o'tgan yig'ilishda yoshlarga yer ajratish masalasi muhokama qilindi.
Jumladan, mahallalardan yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida ajratilgan lotlarning aksariyati shu kunga qadar o'z egalarini topmagan.
Tuman rahbari mavsum o'tib ketmasdan yer maydonlarni yoshlarga biriktirish kerakligini, bu ishni imkon qadar bugun yakunlash bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, yig'ilishda g'o'zaga ishlov berish, g'alla o'rim kambayinlarini mavsumga tayyorlash kabi masalalar ham muhokama qilindi.